Saidadan uzoq kutilgan qo‘shiq premerasi "Tirnama"
Ayni kunlarda radioto‘lqinlar orqali yangrab, tinglovchilar ko‘nglidan joy olib ulgurgan “Dunyo” nomli taronani qaysi san’atkor ijro etgan, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ydi. Mazkur qo‘shiq ijrochisi, “A’lo” guruhining sobiq xonandasi Saida yakkaxon ijodini boshlagach, o‘z iste’dodini to‘liq namoyon etishga yanada imkon paydo bo‘ldi.
Bugun yana bir yangi ijod mahsulini keng ommaga taqdim etgan xonanda “O‘zbegim taronasi” radiosi mehmoni bo‘ldi. Samimiy ijodiy suhbatdan so‘ng yangi “Tirnama” nomli kompozisiya efirga uzatildi. Mazkur tarona radiomuxlislar tomonidan iliq kutib olinganini esa ulardan bo‘lgan telefon qo‘ng‘iroqlaridan bilishimiz mumkin.
Aytib o‘tishimiz lozim, “Tirnama” nomli yangi kompozisiyaning so‘zi va musiqasi Feruz Abdullaevga tegishli bo‘lib, aranjirovka ishlarini Jasur Badalboyev amalga oshirgan. Mazkur tarona uchun Temur Pirimqulov tomonidan ajoyib videoklip suratga olingan bo‘lib, klip uchun maxsus liboslar ustida Lidiya Andre ishlagan. Tez kunda birinchilardan bo‘lib mazkur qo‘shiqga ishlangan videomahsulotni tomosha qilasiz. O‘tkazib yubormang.