36 yoshli hind yulduzi Priyanka Chopra 25 yoshdagi amerikalik xonanda Nik Jonasga turmushga chiqdi. Ularning to‘yi butun Bollivud va Gollivud nazarida bo‘ldi.
To‘y marosimi hind urf-odatlari bo‘yicha Mambay shahrida o‘tkazildi. Kelin rasmiy marosimga sariq rangli sarida kuyov esa oppoq shervani libosida tashrif buyurdi.
Ular to‘rt kun davomida o‘zlarining to‘y tantanalarini nishonlab, bir nechta bazmlar o‘tkazdilar.To‘y xristian va induistlar urf-odatlariga ko‘ra, Jodxpurdagi Bhawan Palace saroyida o‘tkazildi.
Nika Jonasning oilasi va qarindoshlari to‘y arafasida Hindistonga kelib, Chopraning oilasi bilan tanishdi.
To‘yga 200 kishi taklif qilingan edi. Ushbu ekzotik to‘y Hindistonning 2018 yildagi eng shov-shuvli marosimi degan nomni oldi.