Qozog‘istonlik ikki o‘smir 11 yoshli bolani yoqib yubordi
Qozog‘istonning Pavlodar tumanidagi qishloqlarning birida bolalar o‘z tengdoshining ustiga benzin quyib, yoqib yuborishdi. Hodisa bola buvisining hovlisida sodir bo‘ldi, deya xabar berdi nur.kz.
“Nevaram 11 yoshda edi. Bolalar uning ustidan kulib, uning yonadimi-yo‘qligini ko‘rishga qiziqib, ustidan benzin quygan va yoqib yuborgan. 15 yoshli ularning eng kattasi boshqa bolani urib, nevaramni yoqin yuborishga majburlagan”, - deya hikoya qilib berdi jabrlangan Dimaning buvisi.
Ayni paytda bola viloyat shifoxonasida davolanmoqda. Uning oyoqlari 2 va 3-darajali kuyish jarohatini olgan.
Xabar qilinishicha, o‘t qo‘yganlarning o‘zlari uni o‘chirishga harakat qilib, bola hayotini saqlab qolishgan.
Aybdor bolaning maxsus maktab-internatda tahsil olishi, ular milisiya ro‘yxatida turishi ma’lum. O‘simrlarning ota-onalari so‘nggi marotaba ogohlantirilgan, bu kabi hodisalar takrorlansa, ular ota-onalik huquqidan mahrum etiladi.