Qozog‘istonliklar yoppasiga valyuta sotib ola boshladilar
Qozog‘istonda tanganing dollarga bo‘lgan kursi keskin tushib ketishi munosabati bilan odamlar yoppasiga valyuta sotib ola boshladi. Interfaks agentligining yozishicha, ayni paytda kurs 198 tanga/1 dollarni tashkil qilmoqda, bu milliy bank o‘rnatgan valyuta koridorining oxirgi bosqichiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichdir.
Ekspertlarning aytishicha, chorshanba kuni Olma-Ota va Ostonadagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarida tanga kursi bir kun ilgarigi ko‘rsatkichga nisbatan 5 foizga tushib ketib, 188 tanga/1 dollarni tashkil qilgan.
Ayrim shaharlardagi ayirboshlash shoxobchalari vaqtinchalik faoliyatini to‘xtatdi.
19 avgust holatiga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 188.35 tangani, yevroning kursi 208.56 tangani tashkil qiladi.