Joriy yilda Moskvadagi havo harorati sovuqlik darajasi bo‘yicha oxirgi ikki kun davomida –20 dan tushib ketdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. Rossiya Gidrometrologiya markaziga ko‘ra, bugun, 27 fevral kuni harorat yana ham pasaygan va –23 darajani ko‘rsatmoqda. Bu joriy yil qishda kuzatilgan eng ayovsiz sovuq havo bo‘lib, o‘ziga xos rekolrd qayd etdi.
Moskva atrofidagi tumanlarda esa harorat bundan ham past ekanligi aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi bor bunday hodisa 1896 yilda ko‘zatilgan va o‘shanda harorat –25 dan past bo‘lgan.
Ikrom Rahmon