Londonda 135 ming ot kuchiga ega mashina taqdim etildi
Londonda 13.5 m uzunlikka ega Bloodhound SSC mashinasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mashina Britaniya hukumati ko‘magida ishlab chiqilgan bo‘lib, The Daily Mail’ning yozishicha, quruqlikda yangi tezlik rekordi o‘rnatishga qaratilgan.
Mashinaning kuch qurilmasi 135 ming ot kuchiga ega. U o‘z ichiga reaktiv motor va gibrid raketa dvigatelini oladi. Shuningdek, u 550 ot kuchiga ega 5 li 8 silindrli Jaguar F-Type R’ga ega.
Rolls-Royce EJ200 reaktiv dvigateli Eurofighter Typhoon qiruvchisidan olingan. Bloodhound SSC 1 046 km/soat tezlikka erishsa, raketali gibrid qurilmasi ishga tushadi. 1 609 km/soat tezlikka chiqish uchun mashina 55 sekund sarflaydi.