Rossiyada O‘zbekiston mashinalarining sotilishi qariyb 60 foizga tushdi
2015 yilning iyun oyida Rossiyada Daewoo mashinalaridan 1 735 dona sotildi. Bu 2014 yilning shu davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan (3 131) 45 foizga kamroqdir. Bunday ma’lumotlar Yevropa biznesi uyushmasi avtomobilsozlar qo‘mitasining hisobotida aks etgan.
Hujjatda aytilishicha, joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston mashinalaridan bor-yo‘g‘i 10 357 dona sotilgan. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 24 019ga teng edi. Shu tariqa, tushish 57 foizni tashkil qildi.
Rossiyada avtobozoridagi umumiy holat olinadigan bo‘lsa, iyun oyidagi umumiy tushish 29.7 foizni, yarim yillikdagi tushish esa 36.4 foizni tashkil qilgan.