Lola Yo‘ldosheva va nihoyat kelinlik libosini kiydi
Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning sobiq turmush o‘rtog‘i Shohruh uylanganidan so‘ng Lolaning ham turmushga chiqishi tildan tushmay qoldi. Bunday gaplarga xonandaning o‘zi bir necha bor ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali “Kun kelib men ham turmush quraman”, – deb javob qaytargan edi.
Lola Yo‘ldoshevaning bir necha kundan buyon Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga kelin ko‘ylaklar va uning ayrim aksessuarlari suratini joylab borayotgani yangi gap-so‘zlarning bolalashiga zamin yaratayotgan edi. Xonanda va nihoyat barchasiga nuqta qo‘ydi. Ha, u yana bir bor kelinlik libosini kiydi, biroq bu gal klipda. Gap shundaki, Lola Yo‘ldosheva “Sog‘indim” nomli qo‘shig‘ida kelin ko‘ylakda namoyon bo‘ladi. Uning ma’lum qilishicha, qo‘shiqda shunday so‘zlar bor.
“Bugun, seni eslab, yuragim urar bedor,
Sirli nigohingdan unutib o‘zim takror.
Baxtliman, naqadar yoningda...”
Qo‘shiq Lolaning doimiy hamkorlari Sarvar va Komil tomonidan yaratilgan. Unga ishlangan videoklip esa tez orada TV orqali taqdim etiladi. Qiziq, Lola kelin ko‘ylakda qo‘shiq kuylab, o‘zi va sobiq turmush o‘rtog‘i haqidagi endigina tin olay degan gaplarni yana jonlantirmoqchimi? Yo Lola haqiqatan ham tez orada turmushga chiqadimi? Birgalikda kuzatamiz...