Avvalroq, “Nihol” mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldosheva ma’lum muddat Rossiyaga ko‘chib o‘tgani, Moskva shahrida istiqomat qilayotgani va shaxsiy hayotini qurish istagida ekani haqida xabar bergan edik. Lola yangi oila qurish istagida ekanini yashirmayapti, ammo turmush o‘rtog‘i kim bo‘lishi hozircha noma’lum.
Ijoddan tanaffus qilgan Lola o‘zi bilan farzandlarini ham Rossiyaga olib ketgani haqida ma’lumotlar bor.
Lola Yo‘ldosheva bugun, 1 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga o‘g‘li Shohdiyor bilan tushgan suratini joylashtirib, maktabning birinchi kuni boshlaganini yozdi. Suratda maktab formasidagi Shohdiyorning qo‘lida gul tutib turgani aks etgan. Lola esa ushbu surat tagiga quyidagicha izoh qoldirgan.
“Mana, yoz ham o‘tdi. Bizning yangi maktabdagi birinchi kunimiz juda ham ajoyib bo‘ldi. Hammani kuzning birinchi kuni, bilimlar kuni, Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklayman. Ayyomlar doim uyimizni xursandchilik va nurga, yuraklarimizni mehr va muhabbatga to‘ldirsin”.
Rossiyadagi maktablar an’anaga ko‘ra navbatdagi o‘quv yiligi 1 sentyabrdan eshiklarini ochganini inobatga olsak, Lolaning farzandlarini ham Rossiyaga olib ketgani bilan bog‘liq taxminlar rostdek.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda oliy o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonlari 2 sentyabrdan boshlanadi.