O‘z ijodiy faoliyatini juda erta boshlagan “Nihol” mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldosheva bugungi kunda ko‘plab muxlislar ko‘nglidan joy olib kelmoqda. Xonandaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning ijodi va hayotiga biroz to‘xtalib o‘tamiz.
Xonanda Lolaning ilk qo‘shig‘i “Shiribom” reklamasi uchun yozilgan bo‘lib, undan so‘ng xonanda “Netayin” taronasi bilan xit-paradlarning yuqori o‘rinlarini egallab keldi.
Uning “Netayin”, “Muhabbatim”, “Men topdim baxtimni” nomli musiqiy albomlari ham omma e’tiboriga havola etilgan. Rus, ingliz, xitoy va turk tillarida so‘zlasha oladigan xonanda hozirda nafaqat o‘zbek, balki xorij tillarida kuylagan qo‘shiqlarini ham muxlislariga havola etib kelmoqda.
Hozirda ijod borasida biroz tanaffus qilayotgan xonanda shaxsiy hayotiga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Avvalroq, xonanda Moskva shahrida istiqomat qilayotgani va shaxsiy hayotini qurish istagida ekani haqida xabar bergan bo‘lsa, endilikda Lola o‘zi bilan farzandlarini ham Rossiyaga olib ketgani haqida ma’lumotlar mavjud. Tez orada Lola Yo‘ldosheva muxlislarini qiziqtirib kelayotgan ko‘plab savollarga aniqlik kiritadi, degan umiddamiz.
Saytimiz nomidan Lola Yo‘ldoshevani bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz. Ijodda va shaxsiy hayotda xonandaga baxt va omad hamisha yor bo‘lsin!