Lola Yo‘ldosheva zararli odatlari haqida gapirib berdi
O‘zbek xonandasi Lola Yo‘ldosheva Instagram’dagi sahifasida o‘zining zararli odatlari haqida gapirib berdi, deb yozadi Sputnik.
U muxlislariga atalgan postida punktuallik (o‘z vaqtida ulgurish) borasida ajralib turmasligi va ko‘pincha hamma joyga kechikib yurishiga iqror bo‘ldi, buni esa ishlarni doim keyinga qoldirishi bilan izohladi.
Bundan tashqari, qo‘shiqchi o‘zini qahvada cheklamasligini, bir kunda bu ichimlikdan ikki finjon ham ichishi mumkinligini qayd etdi.
Shuningdek, Lola kir yuvish mashinasidan yuvib bo‘lingan kiyimlarni chiqarib yoyib qo‘yishni unutishi, ancha vaqtdan keyin esa ularni qaytadan yuvishi haqida yozdi.
Tavba, shunaqa narsalarni ommaga aytib birovlarga yomon tasavvur uyģotishni nima keragi bor. Hozirgi ayollarga ham kir yuvadigan, ham yoyadigan mashina kerak shekilli