Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Ishq Ertagi - Title sound
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Tanho malagim - Soundtreck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Merlin-Soundtreck
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Zerda - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Karantin vaqtida ishga chiqmaganlarga oylik to‘lanadimi?

O‘zbekistonda koronavirus munosabati bilan karantin e’lon qilingan va ta’lim muassasalari, kinoteatrlar, ommaviy tadbirlar vaqtincha yopilgan, to‘xtatilgan. Kanalimizga o‘qituvchilardan ko‘p savollar kelmoqda: "maktab yopilgan bo‘lsa, ishga boramizmi, bormasak, oylik to‘lanadimi?".

Ishga bormasayam bo‘ladimi?
Mehnat kodeksining 219-moddasida xodimning o‘z hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid solayotgan ishni bajarishni rad etish huquqi ta’minlangan. Faqat bu haqda darhol ish beruvchiga xabar qilish kerak. Ish beruvchi buni tekshirib, tasdiqlangach, bartaraf etish choralarini ko‘rishi lozim.
Agar zarur choralar ko‘rilmasa, xodim o‘zining hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar bartaraf etilgunga qadar tegishli ishni bajarishni rad etishga haqlidir. Ana shu davr mobaynida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Demak, agar ishxonada zarur xavfsizlik choralari ko‘rilmagan bo‘lsa, ishga bormaslik mumkin, bu vaqtda o‘rtacha oylik saqlanadi.
Nafaqa ham to‘lanadi
Mehnat kodeksining 285-moddasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi haqida so‘z boradi. Unga ko‘ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kasal bo‘lganda, mehnatda mayib bo‘lgan yoki boshqacha tarzda shikastlanganda, shu jumladan, turmushda jarohatlanganda, oilaning betob a’zosini parvarish qilganda, karantin e’lon qilinganda, sanatoriy-kurortda davolanganda va protez qilinganda to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to‘liq miqdorida, boshqa hollarda esa xodimning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramog‘idagi voyaga yetmagan bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.
Bolalilar ishga chiqadimi?
Hozir ko‘pchilikni shu savol ham qiynamoqda. Ya’ni bog‘cha-maktablar yopildi, ishlaydigan ota-onalar nima qiladi? Bolasini kimga tashlaydi, ishga bormasa ham bo‘ladimi?
Qonunchilikka ko‘ra, karantinda bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan karantin belgilangan, lekin 14 kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Karantinda mehnatga layoqatsizlik varaqasi Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi va sog‘liqni saqlash boshqarmalarining ruxsati asosida epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi mumkin.
Demak, shu varaqani olib, ishga bormaslik mumkin. Buning uchun Mehnat kodeksiga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqi saqlanishi kerak.


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5963 | Рейтинг: 0| Рейтинг: karantin, oylik, ishga chiqmagan, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное