Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Qo'rqmas - soundtreck
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytirildi

O‘zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi.

Karantin cheklovlari amal qiladigan davrda quyidagilarga qat’iy etibor qaratish belgilandi:
a) davlat organlari va tashkilotlariga:
— xodimlarini xatlovdan o‘tkazgan holda, ish joyiga faqatgina zarur bo‘lgan mutaxassislarni bevosita jalb etishga ruxsat berilganini inobatga olib, qolgan xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarishni yoxud masofadan turib (onlayn) ishlashini tashkil etishga to‘liq rioya etilishini ta’minlash;
— xodimlarini vaqtinchalik xizmat safariga yuborishni to‘xtatish;
— yig‘ilishlarni faqatgina onlayn tarzida tashkil etish;
— xodimlar orasida koronavirus bilan kasallanganlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ulardan xabar olish, davolanish maqsadida zarur dori vositalari va buyumlarni xarid qilish uchun xodimning sharoitini inobatga olgan holda, moddiy yordam ajratish;
b) fuqarolarga:
— to‘y, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazmaslik;
— jamoat joylarida, ko‘cha, maydon va mahallalarda uch kishidan ortiq to‘planmaslik, qat’iy ijtimoiy masofani saqlash (2 metr), tibbiy niqoblar va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
— yoshi katta va muayyan turdagi kasalligi (qandli diabet, metobolik sindromlari, autoimun kasalliklari, qon, yurak, tomir kasalliklari, onkologik kasalliklar va b.) mavjud fuqarolarga koronavirus kasalligi kuchli ta’sir ko‘rsatishini inobatga olib, 65 yoshdan oshgan fuqarolarni “o‘zini o‘zi yakkalash” hayot tarziga qat’iy rioya etish hamda sababsiz uydan tashqariga chiqmaslik tavsiya etildi.
Quyidagi faoliyat turlarini to‘xtatish bo‘yicha cheklov joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi:
— parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar;
— buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar;
— sport zallari, fitnes klub, trenajer, basseynlar;
— umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona);
— maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar;
— sanatoriylar (koronovirus infeksiyasidan davolangan va reabilitatsiya o‘tayotgan bemorlarga tibbiy yordam tashkil etiladigan sanatoriylardan tashqari), pansionatlar, bolalar oromgohlari, xostellar, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;
— sartaroshxona va go‘zallik salonlari;
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalari, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno).


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2209 | Рейтинг: 0| Рейтинг: COVID-19, Koronavirus, karantin, Avgust
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное