22 sentabr kuni Chimkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning pastki qismidan oqib o‘tuvchi kanalizatsiya quvurining yopilib qolgani bois, fuqarolar avariya xizmati xodimlariga murojaa qilishadi. Quvurning nima uchun yopilib qolganini aniqlash maqsadida uning ichiga tushgan usta quvur “og‘zi”dan go‘dak murdasini topdi. Bu haqda “Nur.kz” yozmoqda. Voqea joyiga zudlik bilan chaqirtirilgan tez yordam xodimlari, ekspertlar, kriminalistlar qora yelim xaltaga o‘ralgan qizcha 5-6 oylik homila ekanini aniqlashgan. Aytish lozimki, ayni quvurga suv ko‘p qavatli uyning faqatgina bitta pod’ezdidan tushar ekan. Shu sababli, politsiya go‘dakning onasini topish unchalik qiyin bo‘lmaydi, deb umid qilmoqda. Ayni ish yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlangan.