Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Bangladeshda 80 yoshli kishiga o'hshash chaqaloq dunyoga keldi

Bangladeshning Bulbariya qishlog'ida istiqomat qiluvchi juftlik oilasida projYeriya hastaligi bilan kasallangan chaqaloq dunyoga keldi. Bulbariya qishlog'idagi kambag'al fermer Bisvajit Patroning rafiqasi Parul Patro dunyoga keltirgan chaqaloq keksa chollar kabi tashqi ko'rinishga ega. Shifokorlarning ta`kidlashicha, bu bola boshqalarga qaraganda vaqt o'tishidan 8 marta tezroq ta`sirlanadi.Shunday bo'lsa-da, chaqaloqning onasi oilaning boshqa a`zolari kabi hursandligini bildirgan. Bisvajit esa, ikkinchi farzandi o'ziga o'hshagani hususida berilgan savolga ham fikr bildirgan. “Bizning birinchi farzandimiz - Aparna onasiga o'hshagan. Ammo, bu bolam menga tortdi. Men bahtiyorman”, - deya uning so'zlarini keltiradi India Today nashri. Lekin, masalaning tibbiy tomoni ham bor. Ma`lumotlarga ko'ra, projYeriya hastaligidan aziyat chekuvchi bolalar aksariyat hollarda yoshligidayoq vafot etishadi. “Bola otasi kabi keksa ko'rinadi. Shunga ko'ra, chaqaloq uzoq umr ko'rishidan umidvorman”, - degan chaqaloqning tog'asi. Shifokorlar o'z navbatida bola va onasining ahvoli yahshi ekanini aytishmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 9867 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Aparna, Bangladesh, chaqaloq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное