Chimkentda chiqindi qutidan yangi tug‘ilgan bolaning tanasi topildi
Janubiy Qozog‘istonning Chimkent shahri al-Forobiy tumanida joylashgan chiqindi qutilaridan birida yangi tug‘ilgan bolaning tanasi topildi. Bu haqda 24.kz telekanali xabar berdi.
Operativ guruh ekspertlari voqea joyini tekshiruvdan o‘tkazib, bola o‘lik tug‘ilgan, shu bois uning tanasini tashlab yuborib, g‘ayriinsoniy xatti-harakat sodir etgan odamni jinoiy javobgarlikka tortib bo‘lmaydi. Shunga qaramay, voqea yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.