Kameralar jangi: iPhone 7 Plus Samsung Galaxy Note 7’ga qarshi (foto)
MW Technology YouTube-kanali muallifi mobil bozordagi ikkita asosiy raqobatchi — portlash xavfiga ega Galaxy Note 7 va qo‘sh kamerali iPhone 7 Plus’da olingan fotosuratlar sifatini taqqosladi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Galaxy Note 7 va iPhone 7 Plus kameralarining xususiyatlarini qiyoslash mumkin — f/1,7 (Note 7) va f/1,8 (7 Plus) apperturali 12 megapikselli modullar. Biroq yangi Apple smartfonida e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan afzallik mavjud, bu — qo‘sh modulli kamera va ikki karra optik zum. Shuningdek, iPhone 7 Plus uchun orqa fonning “yuvilib ketishi”ni ta’minlaydigan funksiya ham taqdim etildi, u manzaraning chuqurligini aniqlash uchun ikkita kameradan foydalanadi. Ammo ayni paytda bu funksiya ochiq emas, u keyinroq yangilanmalar bilan birgalikda paydo bo‘ladi.