Yangi Zelandiyada Yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi gonduraslik tengdoshlariga qarshi maydonga tushib, 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvni vakillarimiz nihoyatda sust boshlashdi. 4-daqiqadayoq Benavidez gol kiritib, hisobni ochdi. Keyin 20-daqiqaga kelib Roxez hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib kelib qo‘ydi. Bu vaziyatlarda darvozabonimiz Sarvar Karimov va himoyachilar nihoyatda yomon harakat qilishganini aytib o‘tish mumkin.
Ikkinchi goldan keyin Haydarov shogirdlari bir oz o‘zlariga kelib, vaziyatni o‘nglashga intilishdi. Natijada Dostonbek Hamdamov 30-daqiqada gol kiritib, hisobni qisqartirdi. Ammo ikkinchi bo‘limni Gonduras yana faol boshladi. Alvares jarimadan osonlik bilan gol kiritib, O‘zbekistonning shashtini ancha so‘ndirib qo‘ydi.
Termamiz murabbiy tarkibda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Buning natijasida faqatgina 80-daqiqaga kelib Eldor Shomurodov gol kiritib, hisobni 2:3 ko‘rinishiga olib keldi. Goldan ruhlangan vakillarimiz oldinga o‘tishda davom etishdi. Ammo qarshi hujumda jazolanishdi.
Yana o‘sha Brayn Roxez 90-daqiqa himoyachimizni tezlik borasida ortda qoldirib, hisobni 4:2 ko‘rinishiga olib keldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Zabihulla O‘rinboyev gol kiritib, hisobni 3:4 ko‘rinishiga olib kelib qo‘ydi.
Shu tariqa, O‘zbekiston yoshlari guruhdagi dastlabki o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashdi. Keyingi o‘yinni Haydarov shogirdlari 4 iyun kuni Germaniya termasiga qarshi o‘tkazishadi.
O‘zbekiston U-20 - Gonduras U-20 3:4
Gollar: D.Hamdamov (30), E.Shomurodov (80), Z.O‘rinboyev (90+5) - Benavidez (4), Roxez (20), Alvares (50), B.Roxez (90)
O‘zbekiston U-20: Karimov, Qosimov, Hamrobekov, Komilov, Sohibov (c), Shomurodov, Shukurov, G‘iyosov, Hamdamov, O‘rinboyev, Tursunov
Gonduras U-20: Lopez, Alvarez, Paz, Moncada, Rochez, Escalante, K. Lopez, Benavidez (c), Elis, Pereira, Flores.
|