Xonanda Jasur Umirov 2016-yilda bo‘ydoqlar safini tark etishi haqida xabarlar tarqaldi, deya xabar bermoqda “Bekajon” gazetasi.
“Nikoh to‘yi 2016-yilning dekabr oyiga mo‘ljallangan. Kelinning kimligi hozircha sir”, — deyiladi gazeta xabarida.
Avvalroq, Jasur Umirov sevib qola olmayotganidan nolib, qancha pul ketsa ham, to‘yida butun to‘yxonani gul bilan bezatish niyatida ekanini aytib o‘tgan edi.