Qirg‘izistonda benzin narxi 1.7 somga arzonlashadi
Yoqilg‘i va moylash materiallariga belgilangan aksiz stavkalarining kamayishi hisobiga Qirg‘izistonda benzin narxi 1.7 somga arzonlashadi. Bu haqda mamlakat Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartishlarni kiritishga mo‘ljallangan qonun loyihasida aytiladi.
Hujjat kecha iqtisodiyot vazirligi tomonidan omma muhokamasiga taqdim etildi. Aksiz stavkalarining 5 ming somdan 3 ming somga tushirilishi yoqilg‘i mahsulotlarining rasmiy olib kirilishi uchun zarur bo‘lgan qadamdir.