Jasur Umirov: “Kelajakda kamida 5 ta farzandim bo`ladi”
Xonanda Jasur Umirov “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo`nda” loyihasida ishtirok etdi.
“Odamlardagi soxtalik, yolg`onchilikni yoqtirmayman. Bu odatlar insonlar o`rtasiga sovuqchilik tushiradi”,—deydi xonanda.
Jasur Umirov oilasini qanday tasavvur qilishi haqidagi savolga esa quyidagicha javob berdi:
“Oilamning suratini xayolimda gavdalantirganimda ko`p bolali bo`lish ko`z o`ngimdan o`tadi. Farzandlarim kamida 4-5 ta bo`lishi aniq. Chunki uyda bolalarning qiy-chuv qilib, yugurib yurishini yaxshi ko`raman. Turmush o`rtog`im esa, bolalarning tarbiyasi bilan band bo`ladi. Ishlamaydi (kuladi)”.