Jahonda ilk bor 5G tizimi yaratilingani e’lon qilindi
Janubiy Koreyaning SK Telecom aloqa kompaniyasi mobil internetning beshinchi avlodi bo‘lmish 5G yaratilingani haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda CNet.
Ayni damda Janubiy koreyaliklar jahonda eng tez internetdan foydalanuvchilar hisoblanadi. SK Telecom yer yuzidagi eng yirik operator bo‘lib, ilk bor 5G tizimidan foydalanadigan operator bo‘lishi kutilmoqda. Kompaniya soniyasiga 19,1 Gbit tezlikda ishlaydigan internet tavsiya etmoqchi. Bu ayni damdagi soniyasiga 25 Mbit ishlaydigan 4G tizimidan 1000 marta kuchli demakdir. Bunaqa tezlik 2 GB hajmga ega bo‘lgan filmni soniyalarning ma’lum bir qismida yuklab olish mumkin bo‘ladi.
Manbalarda keltirilishicha, AQSh ushbu tizimga 2017 yilda, Avstrliya esa 2020 yilda o‘tishni rejalashtirgan.