Eng arzon internetga ega mamlakatlar reytingi e’lon qilindi
Content Review internet xizmatlari eng arzonga ko‘rsatiladigan davlatlar reytingini e’lon qildi. Bu haqda agentlikning matbuot xabarnomasi orqali ma’lum qilindi.
Agentlik 50 mamlakatdagi mobil internet narxlarini qiyoslab chiqdi.
Buning uchun har bir davlatdagi yetakchi mobil internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator har gigabayt uchun necha pul olishi hisoblab chiqildi.
Aniqlanishicha, eng arzon internet xizmatlarini Eronning Hamrah-e-Avval operatori taqdim etarkan. Undan keyingi o‘rinda Pokistonning Mobilink operatori turibdi.
MegaFon kompaniyasi bilan taqdim etilgan Rossiya joriy reytingda uchinchi o‘rinni egalladi.
Kuchli o‘nlikdan, shuningdek, Indoneziya, Shvesiya, Misr, Polsha, Isroil, Avstriya, Filippin o‘rin oldi.
Oxirgi o‘rinlarni Buyuk Britaniya, Venesuela va Jazoir egalladi. Jazoirda 1 Gb trafik narxi o‘rtacha 30 dollarni tashkil qiladi.