Eng uzun tirbandliklarga ega shaharlar reytingi tuzildi
Waze navigatsiya xizmati tomonidan tuzilgan reytingga ko‘ra, dunyodagi eng uzun avtomobil tirbandliklaridan Kolumbiyaning Vilyavisensi shahri aholisi aziyat chekmoqda, deya yozdi Tech Insider.
Waze xizmatining yo‘llar tirbandligi reytingidan London, Jakarta, Milan va Quddus shaharlari ham o‘rin egalladi.
Jahondagi eng kuchli tirbandliklar qayd etiladigan yigirmata shaharning beshtasi esa AQShda joylashgan. INRIX va Texas A&M Transportation Institute tadqiqot markazlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yilda amerikaliklar o‘rtacha 42 soat vaqtini tiqilinchlar ichida o‘tkazgan. Bu esa bir ish haftasidan ko‘proq muddat tirbandliklar orasida o‘tganini anglatadi.
Boshqa tadqiqotlar natijalaridan Waze taqdim etgan ma’lumotlar mazkur xizmat o‘zida ko‘proq foydalanuvchilar bazasiga ega ekani bilan ajralib turadi. Haydovchilar va yo‘lovchilar mobil ilova orqali yo‘llardagi holatlar, avariyalar, ta’mirlash ishlari va mavjud polisiyachilar to‘g‘risida axborotlar qoldirishadi.