Forbes jurnali tomonidan 2 mart kuni e’lon qilingan jahonning eng badavlat odamlari reytingida kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov 71-o‘rinni egalladi.
Jurnal tomonidan Usmonovning boyligi 14,5 milliard dollarga baholangan bo‘lib, USM Holdings’ning asosiy aksiyadori xalqaro reytingga kirgan 85 nafar rossiyalik milliarder orasida uchinchi bo‘lib turibdi.
Qayd etish joiz, Forbes’ning 2011-2014 yillardagi reytinglarida Alisher Usmonov muntazam ravishda Rossiyaning eng boy odami deb topilgandi. 2015 yilgi reytingda esa rossiyaliklar orasida “Interros” xoldingi prezidenti Vladimir Potanin 14,8 milliard dollarli boylik bilan birinchi bo‘lib turibdi (xalqaro reytingda 60-o‘rinda).
Eng boy rossiyaliklar o‘nligidan, shuningdek, “Alfa-grupp” kuzatuv kengashi raisi Mixail Fridman (18,7 milliard dollar, 68-o‘rin), “Renova” guruhi asosichilaridan biri Viktor Vekselberg (14,2 milliard dollar, 73-o‘rin), “Severstal” bosh direktori Aleksey Mordashev (13 milliard dollar, 89-o‘rin), “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperov (12,2 milliard), “Novatek” asoschilaridan biri Leonid Mixelson (11,7 milliard), “NLMK” egasi Vladimir Lisin (11,6 milliard), Volga Resources Group asosiy aksiyadori Gennadiy Timchenko (10,7 milliard) va “Oneksim” guruhi egasi Mixail Proxorov (9,9 milliard) bormoqda.
Forbes talqini bo‘yicha milliarderlarning global reytingida Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts birinchi bo‘ldi. Uning boyligi 79,3 milliard dollarga baholandi. Sayyoraning eng boy odamlari uchligidan, shuningdek, meksikalik Karlos Slim (76,4 milliard) va amerikalik Uorren Baffet (72,3 milliard) o‘rin olgan.
Manba:kun.uz
|