Alisher Usmonov “VKontakte”ni 1,5 milliard dollarga sotib oldi
Mail.Ru kompaniyasi “VKontakte”ning qolgan 48,01 foiz aksiyalarini ham sotib oldi. UCPning aksiyalari paketi Alisher Usmonovga 1,47 milliard dollarga tushdi. Bu haqda Dni.ru xabar bermoqda.
Oldi-sotdi 16-sentabr kuni yakunlandi, Blesmir Development Limited va Palagon Limited aksiyalarga xaridorlik qildi. Shu tariqa, Mail.Ru “VKontakte” aksiyalariga to‘liq egalik qildi, deyiladi guruh xabarida.
Nashrning ta’kidlashicha, ushbu oldi-sotdidan keyin Mail.Ru Group’ning depozitar tilxatlari narxi London fond birjasidagi savdolarda 6,7 foizga — 32 dollargacha oshib ketdi.
2013-yil dekabrida “MegaFon” bosh direktori Ivan Tavrin “VKontakte”ning 12 foizini uning asoschisi — Pavel Durovdan sotib olgan va 2014-yil martida aksiyalarni Mail.Ru Group kompaniyasiga qayta sotgan. O‘sha paytda Alisher Usmonov “VKontakte”ning 39,99 foiziga egalik qilayotgan edi.