“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘iga xakerlik hujumi qaytarildi
$$
“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘iga xakerlik hujumi qaytarildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning matbuot kotibi Georgiy Lobushkin ma’lum qildi.
“Taxminan soat 18.00 larda “VKontakte”ga uyushtirilgan DDoS-hujum qaytarildi”, deb yozdi Lobushkin tvitterda.
Lobushkin foydalanuvchilar hech narsani sezishmaganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Avvalroq Telegram messenjeri katta miqyosdagi hujumga uchragani ma’lum qilingandi.