Keksayayotgan san’atkorlar “reytingi” e’lon qilindi
“Darakchi” gazetasida vaqt izmida yoshlari ulg‘ayib borayotgan san’atkorlarning “kuchli o‘ntaligi” tuzilib, ularning turli yillarda tushgan suratlari qiyoslab ko‘rildi.
Natijada el tanigan ko‘plab san’atkorlar vaqt o‘tishi ularning tashqi ko‘rinishiga ta’sir o‘tkazmay qolmagani yaqqol ko‘rsatib berildi.
Ushbu o‘ziga xos reytingda birinchi o‘ringa O‘zbekiston xalq artisti Abbos Bakirovning qizi Oybarchin Bakirova munosib ko‘rildi. Ikkinchi o‘rinda ikki mashhur san’atkor – O‘zbekiston xalq artisti Abror Hidoyatov va rejissyor Yo‘ldosh A’zamovlarning jiyani Turg‘un Azizov, uchinchi o‘rinda esa namanganlik xonanda, O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova turibdi.
Bundan tashqari, ro‘yxatdan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Ra’no Jo‘rayeva, oliy toifali suxandon Nasiba Maqsudova, xonandalar Gulsanam Mamazoitova, Shahzoda, Manzura, Ulug‘bek Rahmatullaev va Rayhon G‘aniyeva ham o‘rin olishdi.