Ookla kompaniyasi tegishli Speedtest.net internet-servisi 2020 yilning mart oyi yakunlariga internet tezligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Unda dunyodagi davlatlarning mobil va simli internet tezligi taqqoslab chiqilgan.
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 141 davlat ichida 133-o‘rinda qayd etilgan — Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 10,07 Mb/soniya, yuklash tezligi esa 5,82 Mb/soniya. Bu 2019 yilning fevral oyiga nisbatan bir pog‘ona balanroq.
Simli internet borasida O‘zbekiston 176 davlat orasida 95-o‘ringa joylashtirilgan. Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 26,92 Mb/soniya, yuklash tezligi esa 27,46 Mb/soniya teng. Bu 2019 yilning dekabr oyiga nisbatan 4 pog‘ona baland.
MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari ichida mobil internet tezligi bo‘yicha Litva — 22, Estoniya — 26, Moldova — 49, Latviya — 57, Armaniston — 62, Ozarbayjon — 66, Gurjiston (Gruziya) — 68, Ukraina — 82, Rossiya — 92, Qozog‘iston — 99, Qirg‘iziston — 105, Belarus — 114, Tojikiston — 127-o‘rinda joylashtirilgan.
MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari ichida simli internet tezligi bo‘yicha Latviya — 28, Litva — 25, Rossiya — 46, Estoniya — 47, Moldova — 45, Belarus — 50, Ukraina — 58, Qozog‘iston — 65, Qirg‘iziston — 83, Armaniston — 93, Gurjiston (Gruziya) — 98, Ozarbayjon — 115, Tojikiston — 101, Turkmaniston so‘nggi 176-o‘rinda joylashtirilgan.
Ro‘yxatda mobil internet tezligi bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari, simli internet tezligi bo‘yicha hamon Singapur birinchi pog‘onadan joy olgan.
Sunnatilla Abdullaev
|