Google internetga simsiz ulanish xizmatlarini taqdim etishni boshlaydi
Google kompaniyasi mijozlarga internetga simsiz ulanish xizmatlarini taqdim etishni boshlaydi, deb xabar qiladi “Rt.com”.
Texnologik gigant bu rejalarni AQShning ulkan telekommunikatsiya kompaniyasi Sprint Corporation va T-Mobile xoldingi bilan tegishli shartnomalarni tuzgandan so‘ng amalga oshiradi.
Ayni paytda, Google bunday yangi xizmatlarni qachon taqdim etishi va ularning qanday narxlarda bo‘lishi aniq emas. The Wall Street Journal gazetasi taxminiga ko‘ra, ushbu qadam simsiz aloqalarni taqdim etuvchi boshqa kompaniyalarni narxlarni tushirishga va aloqa sifatini yaxshilashga undashi mumkin.