Apple korporatsiyasi kapitalizatsiya bo‘yicha jahonda 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri ma’lum qildi.
Joriy yil boshida kompaniyaning kapitalizatsiyasi 640 mlrd dollarni tashkil qilgan, bahorda 750 mlrd dollarga yetgan, biroq yil oxirida IPhone smartfonlariga talab borasida xavotirlar tufayli 600 mlrd dollarga kamayib ketdi.
2-o‘rinni Google va Android’ga egalik qiluvchi Alphabet xoldingi egalladi, uning kapitalizatsiyasi 45 foizga oshib, 530 mlrd dollargacha yetdi.
3-o‘rinni esa Microsoft kompaniyasi egalladi. Nashrning ta’kidlashicha, kompaniyaning aksiyalari 2000 yildagi, ya’ni kompaniya dunyoda eng yirik kompaniya hisoblangan holatiga qaytdi.