4 fevral kuni Istanbul shahrining Sultanbeyli tumani hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hududdagi chiqindi idishiga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga kelgan. Natijada 2 kishi bu portlash tufayli jarohatlangan.
Ayni vaqtda voqea joyida maxsus xizmatlar vakillari ish olib borishmoqda. Hozircha tafsilotlar ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Turkiyaning bu shahridagi Sultonahmad maydonida kuchli portlash sodir bo‘lgan va 10 kishi halok bo‘lib, 15 kishi jarohatlangandi. Halok bo‘lganlarning asosiy qismi germaniyalik sayyohlar bo‘lgandi.