Istanbulda ko‘cha tartibsizliklari davomida polisiyachi halok bo‘ldi
Istanbul ko‘chalarida uch kundan beri tartibsizliklar davom etmoqda. Shunday tartibsizliklardan birida turk polisiyasi zobiti Muhammad Fotih Siviriy tartibbuzarlarni hibsga olish paytida ko‘kragidan jarohat olishi oqibatida halok bo‘ldi.
Tartibsizliklar polisiya reydi amalga oshirilgan vaqtda siyosiy guruhlardan birining ishtirokchisi halok bo‘lgandan keyin boshlandi.
Turkiyada katta miqyosda o‘tkazilayotgan polisiya reydlaridan maqsad “IShID” terrorchilik tashkiloti tarafdorlarini qo‘lga olish bo‘lgan, biroq polisiyachilar so‘l radikal guruhlar a’zolarini ham hibsga olishgan.
Maxsus operatsiyalar Turkiyaning Suruch shahridagi teraktdan keyin boshlangan.