Ritik Roshan Istanbuldagi terakt qurboni bo‘lishi mumkin edi
28 iyun kuni Istanbul shahri aeroportida bo‘lgan terakt nafaqat Turkiyani, balki butun dunyoni larzaga soldi. Portlash oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi, 147 kishi jarohatlandi.
Ayni damda falokat qurbonlarining shaxsi, qaysi mamlakat fuqarosi ekanligi aniqlanmoqda.
Mashhur hindistonlik aktyor Ritik Roshan ham terakt qurboni bo‘lishi mumkin edi. U Otaturk aeroportini bir necha soat oldin tark etgan.
Bu haqda aktyor o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi, deya “The Indian Express”xabar berdi.
“Istanbulda reysni o‘tkazib yubordim va aeroportda qolib ketdim. Keyingi reys bir kundan keyin bo‘lar ekan, lekin men ekonom-klass uchun chipta oldim va oldinroq uchib ketdim”, deydi Roshan terakt amalga oshirilguncha.