Nyu-Yorkda terakt sodir etgan 5 kishi qo‘lga olindi
17 sentabr, shanba kuni AQShning Nyu-Jersi shahrida xayriya yugurish marafoni boshlanishidan oldin portlash yuz berdi, biroq hech kim jabrlanmadi. Taxminan 12 soatdan keyin Nyu-Yorkning Manxetten shahrida ham portlash yuz berdi. Portlash oqibatida 29 kishi yaralandi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda. Ikkala hodisa yuz bergan joyda ham portlamay qolgan portlovchi moslamalar topilgan.
18 sentabr kuni mazkur teraktga aloqadorlikda gumonlanib, 5 kishi qo‘lga olingan. Ular Bruklin va Steyten-Aylendni bog‘lovchi ko‘prik ustida FQB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Gumonlanuvchilarning shaxsi oshkor qilinmayapti.
Hozirda huquq-tartibot organlari xodimlari operatsiya olib bormoqda.