Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Islom Karimov: Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz!

1991 yil 31 avgust. Bu kun xalqimiz xotirasida o‘chmas iz bo‘lib qolishi aniq. Shu kundan boshlab millat ustidan quyosh qayta nur sochdi, xalqning bag‘riga shamol tegdi. 70 yillik qaramlik, mutelik yakuniga yetib, xalqimiz o‘z topganiga o‘zi egalik qiladigan bo‘ldi. Tinimsiz tahqirlashlardan yurak-bag‘ri ezilib, adoyi tamom bo‘lgan, urf-odatlari, ma’naviyati, buyuk meroslari oyoqosti qilingan xalqni maqsadidan qaytarib bo‘lmas, uning erk, hurriyatga erishish yo‘lidagi harakatlariga to‘sqinlik qilishdan foyda yo‘q edi. Yurt boshiga millat, xalq dardi, uning qayg‘usi bilan yashaydigan rahbar keldi. Islom Karimov Prezident sifatida ish boshlagan davrlarda O‘zbekistonning ustidan mazax qilgan, uning kelajagiga ishonmaganlar ham topildi. Prezident Islom Karimovning mutelik zanjirini uzib, xalqni Istiqlol tomon yetaklashi hamon O‘zbekistonni qo‘lga olish ilinjida talvasaga tushib o‘tirgan hokimiyatparastlarning jig‘iga tegar, oldindan ko‘zlagan rejalarini puchga chiqarardi. Chetdan bo‘layotgan tahdidlarga davlat rahbari “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”, – deb dadil javob qaytardi.

E’tiboringizga havola etilayotgan “Mustaqillik arafasida yoki sho‘rolarning so‘nggi talvasasi” nomli hujjatli filmda O‘zbekistonning mustaqillikkacha boshdan o‘tkazgan og‘ir o‘tmishi va uning uzoq yillarga tatigulik asoratlari o‘z ifodasini topgan. 2011 yilda yaratilgan filmda xalqimiz boshiga tushgan og‘ir musibatlar, uning Istiqlolga erishish yo‘lida chekkan azob-uqubatlari, zahmatlari, Prezident Islom Karimovning o‘zbek xalqini yorug‘ va farovon hayotga olib chiqish yo‘lidagi sa’y- harakatlari haqida so‘z boradi.

Filmni tomosha qilish davomida bugungi ozod va obod hayot o‘z-o‘zidan barpo etilmagani, tinchlik, hurlik va osoyishtalik eng oliy ne’mat ekanini anglaysiz. Unda keltirilgan dalillar va voqealar shunchaki cho‘pchak yoki o‘ylab topilgan safsata emas, aksincha, o‘z isbotini topgan haqiqatdir. Sovet hokimiyatining “paxta ishi” kabi o‘ylab topilgan, asl mohiyati nochor xalqni ezib, uning onggiga doimiy qo‘rquv va hadik hissini singdirishdan iborat bo‘lgan o‘yinlari oqibatida qanchadan-qancha begunoh o‘zbeklarning qoni to‘kilmadi deysiz... Bu filmda ana shu savollarning barchasiga javob topishingiz tayin.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 41769 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Islom Karimov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
begzod118 nega filimni kurib bulmayopti?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное