Iphone Smartfonlariga zarar keltiradigan Yangi Virus oaydo bo‘ldi
Palo Alto Networks (PAN) kompaniyasi iPhone smartfonlarini “emiruvchi” yangi virus paydo bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
AceDeceiver virusi smartfonlar ichiga kirib olib, foydalanuvchining ruxsatisiz unga turli dasturlar o‘rnatadi.
AceDeceiver — bu FairPlay`dagi “teshik”dan foydalanib, iOS-gadjetlar, xususan muolajadan o‘tmagan “jeylbreyk”larni zararlaydi.
Mutaxasislarning fikriga ko‘ra, FairPlay Man-in-the-Middle texnikasi 2013 yildan beri qo‘llaniladi. Biroq App Store orqali zararli softlar tarqatish maqsadida u ilk bor qo‘llanilmoqda.
Ayfon smartfonining virus bilan zararlanganini uning egasi ekranda paydo bo‘lib qolgan yangi dasturlar belgilaridan bilishi mumkin.