Tayvanning “Foxconn” elektronika kompaniyasi “iPhone” mobil qurilmalarini yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Ushbu kompaniya rahbarining aytishicha, “Apple”ning navbatdagi qurilmasi “iPhone 8” boshqa qurilmalarga nisbatan qimmatroq narx belgilanadi.
Luo Zongshengning ta’kidlashicha, qurilmaga o‘rnatiladigan maxsus ekran narxlarning oshishiga sabab bo‘ladi.
Sentabr oyida yangi qurilma taxminan 1 200 dan 1 400 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqariladi.
Qurilma o‘z foydalanuvchisi yuzini taniy olish va simsiz quvvatlana olish imkoniyatlari bilan boyitilgan.
Telefon qurilmasidagi asosiy menyuga qaytish imkonini beruvchi tugmaning olib tashlanishi barmoq izini tanish funksiyasining olib tashlanganini anglatadi. Uning o‘rniga kompaniya 3D sensorli lazer texnologiyasidan foydalangan holda qurilmani blokdan chiqarish va to‘lovlarni tasdiqlashda yuzni tanish funksiyasidan foydalanadi.
“Face ID” texnologiyasidan foydalanish qulayroq, tezroq va xavfsizroq.
Ma’lumot uchun, “iPhone 7” qurilmasining eng qimmat narxi 969 AQSh dollari qilib belgilangan edi.