Hushyor bo‘ling! O‘zbekistonda telefonlarni zararlovchi yangi virus tarqalmoqda!
«Eset» kompaniyasi O‘zbekistonda yangi «Android Trojan Spy» troyan virusi borligi va ushbu zararli dasturni tarqatishda COVID-19 mavzusidan foydalanilganini xabar qildi. Ilova koronavirus epidemiyasi haqida statistik ma’lumotlarni xaritada namoyish qiladi, biroq bir vaqtning o‘zida mobil qurilmada suratga olishi, galereyadan fotolarni o‘g‘irlashi, qurilmadagi kontaktlar ro‘yxati, SMS xabarnomalar va telefondagi barcha boshqa ilovalar boshqaruvi uchun jinoyatchilarga sharoit yaratishi mumkin. Avval “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi mobil ilovalarni yuklash va o‘rnatishda dasturning qaysi operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat so‘rayotganiga e’tibor berish, agar bu kabi ruxsatlar soni asossiz ravishda ko‘p bo‘lsa, bunday turdagi programmalarni ishlatishdan voz kechishni tavsiya qilgandi. “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi internet foydalanuvchilaridan shu va shunga o‘xshash boshqa ilovalarni yuklab olish, o‘rnatishda hushyor bo‘lishni, koronavirus haqidagi ma’lumotlarni rasmiy hamda ishonchli manbalardan olish lozimligini eslatib o‘tadi. “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi