Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Ebola: eng oxirgi statistik ma’lumot e’lon qilindi

Aytish lozimki, o‘tgan yili ushbu virus tufayli Serra-Leone, Gvineya va Liberiya kabi mamlakatlarda yuzlab odamlar vafot etdi. Kasallanganlar soni ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Butunjahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining yangi hisobotidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni kungacha Ebola bezgagidan vafot etganlar soni 8 ming 594 kishiga, kasallikka chalinganlarning umumiy soni esa 21 ming 614 kishiga yetgan.
Kasallik tufayli o‘lim holatlari asosan G‘arbiy Afrikaning 3 ta davlati - Gvineya, Liberiya va Serra-Leoneda qayd etilgan. Ushbu xalqaro tashkilot tomonidan 16 yanvar kuni e’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, G‘arbiy Afrikada bezgakdan o‘lganlar soni 126 kishiga, virusni yuqtirganlar soni esa 241 kishiga oshdi.Ebolaga chalinish holatlari, shuningdek, Mali, Nigeriya, Senegal, Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQSh da kuzatildi. Biroq  Nigeriyadan tashqari ushbu mamlakatlarda bemorlar soni 10 kishidan oshmagan. Nigeriyada 20 kishi Ebolaga chalingan, 8 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Eslatib o‘tamiz, Kelib chiqishi Ebola virusi havfli yuqumli kasallikdir. 25 dan 90 foizgacha o‘lim bilan yakunlanadi. 2014 yilning mart oyida tarqalgan kasallik tufayli ayni damgacha 4000 dan oshiq kishi vafot etgan. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu ebola virusini jahon ahamiyatiga molik havfli kasallik sifatida tan olgan. Ebola virusi bavosil virusini keltirib chiqaradi. Dastlab u 1975 yili Afrikada paydo bo‘lgan. Virus Ebola daryosi yonida topilganligi sababli ham unga Ebola nomi berilgan.


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 4724 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ebola, Virus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное