Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Italiyada Ebola isitmasi bilan kasallanganlik holati qayd etildi

Italiyada ilk bor Ebola isitmasi bilan kasallanganlik holati qayd etildi, deb xabar berilmoqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy saytida.
Virus ebola bilan kasallangan bemorlarga yordam ko‘rsatgan, Serra-Leonedan qaytgan tibbiy xodimda aniqlangan. Italiyalik tibbiy xodim Serra-Leone poytaxti Fritaun shahridan Kasablanka orqali Rimga 7 mayda uchib kelgan. Unda kasallikning birinchi alomatlari 72 soat o‘tib, 10 may kunida sezila boshlangan. Bemor avval Sardiniya shifoxonasiga yotqizilgan, 12 mayda esa Rimdagi Yuqumli kasalliklar milliy instituti shifoxonasiga yetkazilgan.
Italiyalik mutaxassislar kasallik alomatlari 72 soat o‘tib aniqlangani sababli, bemor bilan birga uchgan yo‘lovchilarga hech qanday xavf tahdid solmasligini aytishmoqda.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 9 mayd kuni Liberiyada ebola isitmasi epidemiyasi barham topganini ma’lum qilib, bu hodisani “ulkan yutuq” deb atagan edi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2383 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ebola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное