5 yoshli bolakay vafot etgan onasining yonida 16 soat qolib ketgan
AQShda yosh bola onasining murdasi bilan 16 soatcha o‘tirgan. Keyinchalik ayolda koronavirus aniqlangan, deb xabar berdi «WGXA» telekanali. 42 yoshli shifokor-mammologning murdasini uyidan topishdi. O‘limidan so‘ng ayolda o‘tkazilgan tahlil natijalari unda COVID-19 borligini tasdiqladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, polisiya ayolning murdasini topgunga qadar oradan 12 — 16 soat vaqt o‘tgan. Bundan tashqari, bu vaqt davomida uyda 5 yoshlardagi bolakay ham bo‘lgan. Vafot etgan ayol ishlagan shifoxona ma’muriyati u bilan muloqotda bo‘lgan barcha xodim va bemorlar bilan bog‘landi.