O‘zbekiston hududida hafta oxirida issiq kunlar yakunlanishi kutilmoqda.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 3-4 dekabr kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutiladi, jumladan, 5 dekabr kuni Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Shanba kuni kunduzgi harorat +15... +17 darajani, kechasi +3...+8 darajani tashkil etadi.
2-4 dekabr kunlarida O‘zbekistonda havo harorati kunduzi +12…+20 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 5 dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo harorati kunduzi 0…+5 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +3…+8 darajaga pasayadi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida esa 2-5 dekabr kunlari davomida havo harorati kunduzi +10…+15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 5 dekabr kuni, O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi kabi, vodiyda ham shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 3-4 dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5-6 dekabrda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-5 dekabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-4 dekabrda kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi, 5-6 dekabrda kechasi -2-7 daraja sovuqgacha, kunduzi -0-5 daraja sovuqgacha pasayadi.
|