GM Uzbekistan yangi model uchun ishlab chiqarish liniyasi o‘rnatishni boshladi
Andijon viloyatidagi Asaka avtomobil zavodi ham 2016 yildan yangi avtomobil rusumini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish maqsadida yangi model loyihasini amaliyotga joriy etish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda "O‘zavtosanoat" AK matbuot xizmati xabar bergan.
3—20 avgust kunlari Asaka avtomobil zavodining yig‘uv sexiga yangi avtomobil rusumini yig‘ish uchun mo‘ljallangan zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilishi sababli, zavodning yig‘uv sexida bir qator profilaktika va o‘rnatish ishlari olib boriladi.
"Yangi model 2016 yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan", deyiladi xabarda.
O‘tgan haftada GM Uzbekistan kompaniyasi Chevrolet Labo avtomobilini taqdim etgandi.