«GM Uzbekistan» dilerlariga qo‘shimcha tovarlarni majburlab sotish taqiqlandi
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi avtomobil sotuvchi dilerlar uchun mashina sotish davomida qo‘shimcha tovarlarni majburlab sotishni taqiqlab qo‘ydi, deb yozmoqda Uz24.
Qo‘mita bergan ma’lumotga ko‘ra, mashina sotib olmoqchi bo‘lgan iste’molchi buning uchun, yong‘inni o‘chiruvchi moslama, dori solinadigan quticha, «AvtoOlam» jurnali va shu kabi boshqa turdagi qo‘shimcha tovarlarni olish kerak bo‘lgan. Agar iste’molchi ularni olishdan bosh tortadigan bo‘lsa, dilerlar mashinani sotib olish bo‘yicha mijozlarga rad javobini berishgan.
Tashkilotning aniqlik kiritilishicha, ushbu masala yuzasidan e’tirozlar «GM Uzbekistan»ning qonuniy dilerlik vakillari ustidan kelib tushgan. Shikoyat xatida mazkur masala yuzasidan choralar ko‘rilishi so‘rab murojaat qilingan.