Bugun internet tarmoqlarida GM Uzbekistan tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar narxi oshishi haqidagi xabarlar tarqalib ketdi.
Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida kun davomida kompaniya bilan bog‘lanishga urundik, vanihoyat kompaniyaning "Ishonch telefoni" bilan bog‘landik. Quyida ushbu suxbatdan yozib olingan kichik intervyuni o‘qishingiz mumkin. - Narxlar oshishi haqidagi xabar rostmi?
- Darhaqiqat, narxlar oshdi. - Qanchaga?
- Hamma avtomobillarniki har xil, qaysidiriniki tushgan qaysinikidir oshgan. - Ayrim avtomobillarning to‘lovi dollarga o‘tkazilgani rostmi?
- Spark, Kobalt, Lasetti, Orlando hamda Malibu avtomobillarining 1-2 pozisiyasiga to‘lov horijiy valyutaga o‘tkazilgan. - Arzonlashgani qaysilar?
- Uch silindirli Matiz 08 hajmli avtoulov, Neksiya 1,5 Sonc narxi arzonlashgan. Ushbu avtoulovlar avval ham horijiy valyutada edi va hozir ham ushbu valyutada qoldi. - Narxlar 30 foizgacha oshirilgani rostmi?
- Tahminan shunaqa. Bizda narxlar keltirilgan ammo, foizi ko‘rsatilmagan. Narxlarni praysi bilan avtosalonlarda to‘liq tanishishingiz mumkin. - Avtosalonlarda savdo qachondan yo‘lga qo‘yildi?
- Bugun tugashi kerak. Ertadan avtosalonlar ish boshlaydi. 2016 yil uchun avtomobillar miqdori ham belgilandi. - Avval to‘lov qilib qo‘yganlarga narx oshgani ta’sir qiladimi?
- Shartnoma bo‘yicha muddatlari o‘tib ketmagan bo‘lsa ularga ham ta’sir qiladi. Agar muddati o‘tgan bo‘lsa ularning ishlari yakka tartibda rahbariyat tomonidan ko‘rib chiqiladi.