GM Uzbekistan 2016 yildan yangi avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
GM Uzbekistan 2016 yildan boshlab Spark, Captiva va Malibu markalari o‘rniga yangi avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda gm-uzbekistan.com internet nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishicha, mazkur modellar o‘rnini yaqindagina GM Uzbekistan delegatsiyasi San-Fransiskoda namoyish qilgan yangi mashinalar egallashi kutilmoqda.
Nashrning xabariga ko‘ra, Chevrolet Spark o‘rniga Sonic avtomobili taklif qilinadi. Captiva o‘rnini esa yangi Tracker avtomobili bilan almashadi. Yangi Impala avtomobili Malibu modeli o‘rniga ishlab chiqariladi.