Garri Potter haqidagi filmlar qayta suratga olinishi mumkin
Warner Bros. Discovery kompaniyasi Garri Potter filmlarini yangi aktyorlar tarkibi bilan qayta ishlab chiqishi mumkin. Bu haqda “ScreenGeek” portali insayderlarga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, kompaniya yaqin 3-5 yil ichida loyihani qayta ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Manbalarga ko‘ra, hozirda loyiha rivojlanishning dastlabki bosqichida. Qayta ishga tushirish haqida boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.
Avvalroq Warner Bros. TV’ning sobiq rahbari Chenning Dangi studiya Garri Potter filmlari seriyasi asosida spin-off yaratishga katta qiziqish bildirganini ma’lum qilgandi. Dangining ta’kidlashicha, hozirda bo‘lajak serial haqida bir qator muzokaralar olib borilmoqda.
“Bizning jiddiy niyatlarimiz bor va hozir biz bu masala bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz”, deydi prodyuser.