Munisa Rizayeva san’atni tark etishi mumkinligini ma’lum qildi
19—21-oktabr kunlari Munisa Rizayevadan shou tarzida o‘tadigan konsert uchun repetitsiya jarayonlari eng avjiga chiqqan, deb xabar beradi “Sayyod.com”.
Munisaning bu yilgi shousiga rejissor Rustam Dinamovich va xoreograf Narimon Grigoryanlar mas’ul.
“Sayyod.com” bilan suhbat chog‘ida Munisa san’atni tark etishi mumkinligini e’lon qildi.
“Balki men keyingi yil san’atni tashlayman. Bilmayman. Ko‘ramiz”, — degan Munisa Rizayeva. Muxlislar xonandaning bu so‘zlarini uning turmushga chiqayotgani yoki konsert oldidan piar qilayotgani bilan bog‘lashmoqda.