Garri Potter muzeyi 54,5 million dollar foyda keltirdi
Garri Potter haqidagi sakkiz filmning barchasi uchun suratga olish maydonchasi sifatida xizmat qilgan Livsdendagi «Xertfordshir» kinostudiyasida joylashgan Garri Potter muzeyi o‘tgan yili 54,5 million dollar ishlab topdi.
The Guardianga asoslanib, kun.uz xabariga ko‘ra, bu muzey tashkil etilgan 2012 yildagi ko‘rstakichdan 65,8 foizga ko‘proq. Muzeyda Garri Potter haqidagi filmlardagi ishlatilgan liboslar va buyumlarni tomosha qilish, shuningdek, Xogvarts afsungarlar maktabining bosh zalida sayr qilish mumkin.
Livsdendagi studiyada avvalboshda samolyotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod bo‘lgan. Bu yerda ilk film 1995 yili – Bondiananing 17-qismi – «Oltin ko‘z» suratga olingan.
xexe bizdayam olingan filimlar uchun muzey ochilsa qanaqa bolarkin :-D misol ochun " Salom Natasha" filmi uchun muzey bolib, unda filmdagi kiyim kechaklar, buyumlar oborilsa muzey foyda emas zarar korsa kere xaxaxa